❄️👨‍💻👩‍💻Online Digital Camp “Raqamli Avlod-2020” qishki mavsumni e’lon qilamiz!

Dasturlashga qiziqasizmi? Media, dizayn, robototexnikagachi? Unda Sizni 4-8-yanvar kunlari bo’lib o’tadigan onlayn oromgohga taklif etamiz! Bu safargi 5 kunlik oromgohda professional mentorlarimiz tomonidan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha darslar bo’lib o’tadi 👇

Yo’nalishlar
📱Mobil dasturlash
🖥Desktop dasturlash
🌐Web dasturlash
📹Media
🖌Dizayn
🤖Robototexnika

🔥Bundan tashqari oromgoh davomida ishtirokchilarni AKT sohasidagi tajribali mashxur spikerlarimiz bilan suhbatlar kutmoqda!

PS: Aytgancha ushbu oromgohda qatnashishdan avval yozgi oromgohdagi darslarimizni YouTube kanalimiz orqali ko’rib chiqishingizni tavsiya qilamiz!