Prezident, ijod va ixtisoslashtiriligan maktablarni rivojlantirish agentligi “Integrated Technology Laboratory LLC” (Kanada) va “Digital Generation Uzbekistan” NNT bilan hamkorlikda agentlik tasarrufidagi o’quvchilar uchun 5-dekabr kuni bo’lib o’tadigan “Bolalar texnologiyada” nomli IBM seminarini e’lon qiladi!

Ushbu kursda bolalarga birinchi chat botlarini yaratishlari uchun barcha zaruriy bilimlar beriladi. Aytish kerakki, chat-bot foydalanuvchi bilan xabar almashish vositalari, veb-saytlar, mobil ilovalar, yoki telefon orqali tabiiy tilda suhbatni simulyatsiya qila oladigan sun’iy intellektga asoslangan dasturdir.

Kurs davomida o’quvchilar «Watson Conversation» mantiqiy hisoblash dasturi texnologiyasi yordamida o’z chat-botlarini yaratadilar.

Darslar ingliz tilida bo’lib o’tadi.