“Digital Generation Uzbekistan” nodavlat notijorat muassasa va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashgan maktab bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Axborot Kommunikatsiya Texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi ko’magida butun O‘zbekiston yoshlarini Online Digital Camp – “Raqamli avlod – 2020” onlayn oromgohiga taklif etamiz.

Ro‘yxatdan o‘tganlar ushbu loyiha ko‘magida zamonaviy texnologiya bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.

5 kun davom etuvchi mazkur motivatsiyaga boy tadbirda yoshlarga AKT sohasi rivojining zamonaviy tamoyillari haqida maʼlumotlar beriladi va ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda taʼlim olishadi: Veb-dasturlash, Mobil-dasturlash, Desktop-ilovasi dasturi, Raqamli media va marketing, Dizayn, Robototexnika hamda Frilans.