Biz haqimizda

Digital Generation Uzbekistan Nodavlat Notijorat Muassasasi

"Digital Generation Uzbekistan" (Raqamli Avlod) Nodavlat Notijorat Muassasa 2020-yil 21-may kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o'tgan (940-son).

Muassasaning asosiy maqsadlari:

- yoshlarni bilim va ilmga chorlash;

- axborot texnologiyalari sohasida ayollarning o‘rnini ko‘paytirishga ko‘maklashish;

- yoshlarni mamlakatda amalga oshiralayotgan axborot kommunikatsiya islohotlarini chuqurlashtirishda faol ishtirok etishga jalb qilish;

- yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish.

Muassasaning asosiy vazifalari:

- iqtidorli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatlarini ro’yobga chiqarishlari uchun sharoit yaratish;

- O‘zbekistonning axborot texnologiyalari bo‘yicha dunyoning rivojlangan davlatlaridan biriga aylanish jarayoniga hissa qo‘shish;

- yosh avlod xuquqlari, qonuniy manfaatlari va erkinliklarini samarali himoya qilinishini taʼminlash, qizlarning maʼnaviy va kasbiy madaniyatini yuksaltirish, ularni intellektual va ijodiy imkoniyatlarini o‘zida mujassam etishda ko‘maklashish.

image description

Ta'lim

Mamlakatimizda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, sohada xalqaro standartlarga mos yuqori malakali mutaxassislar, dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish, axborot tizimi va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo‘yicha kadrlarni tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu masalada, mutaxassislarni tayyorlab beruvchi muassasalar muhim ahamiyatga ega.

 

Digital Generation Uzbekistan AKT soxasining rivoji uchun muhim va dolzarb bo’lgan 5 yo’nalishni asos qilib olgan:

-Dasturlash
-Robototexnika

-Media va Raqamli Marketing
-2D va 3D dizayn

-Kasbga doir ko'nikmalar

female prog white

Ayollar

Digital Generation Uzbekistan ayol-qizlarning AKT sohasiga qiziqishi va faolligini oshirishga katta e'tibor qaratib kelmoqda. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT maktab, Toshkent shahridagi Inha universiteti va boshqa ko'plab mahalliy va xalqaro tashkilotlar ko'magi bilan birgalikda qizlar o'rtasida turli xil IT-tanlov va musobaqalar, forumlar o'tkazib kelinmoqda. Jumladan, Technovation girls,

Django Girls, DigiGirlz, Women Techmakers kabi tadbirlar O'zbekiston qizlarining ushbu soxaga bo'lgan qiziqishini yanada namoyon etadi.

Bizning tashkilot ayol-qizlarimiz uchun ko'plab IT tadbirlarni tashkil etishda davom etadi.

Amaliyot

Hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar axolini o'zini o'zi ish bilan ta'minlashiga ko'plab imkoniyatlar yaratib bermoqda. Shu sababli frilanserlar, ya'ni masofaviy uydan turib ishlaydiganlar soni esa butun dunyo bo'ylab tobora oshib bormoqda. Xalqaro korxonalarda ishlash uchun inson o'z soxasining kerakli bilimiga va internetga ega bo'lsa bas, uyda o'tirgan holda daromadga ega bo'lish imkoniyati mavjud.

 

Digital Generation Uzbekistan jamoasi axolini bandligini ta'minlash maqsadida, zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanib, qanday qilib frilanser bo'lish asoslarini o'rgatib keladi. Ushbu yo'nalish bo'yicha turli tadbir va treyninglar o'tkazish, videodarslar tayyorlash muassasaning asosiy vazifalaridan biri qilib olingan.

Yangiliklar

Loyihalarimizni o'tkazib yubormaslik uchun yangiliklardan doimo boxabar bo'ling.

Bizning manzil

Toshkent shahar, Yashnabod tumani, Mahtumquli ko'chasi 1

demo-attachment-1280-footer-1-1-2