9be6a5a8ad986bd637c90

Digital Generation Uzbekistan grant sohibi bo’ldi

Digital Generation Uzbekistan nodavlat notijorat tashkiloti “Raqamli avlod-2020” loyihasi uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo’llab-quvvatlash jamoat fondining grantiga sazovor bo’ldi.

Xalqimizning ulug‘vor qudrati, yoshlarimizning jo‘shqin g’ayrati bilan hozirgi zamonda O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda. Yurtboshimiz ta’kidlaganidek: “Bugungi O‘zbekiston – kechagi O‘zbekiston emas.” Yangi O’zbekistonni barpo etishda zamonaviy sohalarni qo’llab-quvvatlash esa ayni vaqtda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday e’tirofdan so’ng, bizning yelkamizdagi mas’uliyat hissi ham yana bir necha marta oshdi. Endi katta g’ayrat bilan yangidan-yangi loyihalar tomon ildam qadam bosamiz!

Метки: нет меток
0

Add a Comment

Your email address will not be published. Required fields are marked *